Qozog‘istonda uch radikal guruh qo‘lga olindi

© Sputnik / Press-slujba VS Izrailya / Mediabankka o‘tishMaxsus kuchlar
Maxsus kuchlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Undan tashqari maxsus qog‘oz, kompyuter va nusxa ko‘chirish texnikasi, va guruh a’zolaridan biri tomonidan tayorlangan qalbaki pullar ham topildi.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Qozog‘iston g‘arbida, Oqto‘be viloyatida 12-30 avgust kunlari uch radikal guruh faoliyati to‘xtatildi, deb xabar qilmoqda "Novosti Kazaxstana" axborot agentligi, Qozog‘iston Milliy Xavfsizlik qo‘mitasi xabariga asosan.

“Milliy Xavfsizlik qo‘mitasi 12 – 30-avgust davomida  G‘arbiy Qozog‘iston va Oqto‘be viloyatlarida uch radikal guruh faoliyatiga chek qo‘yilganini xabar qildi. Natijada, radikal guruhlarning huquqni saqlash organlari xodimlariga va aholi to‘planadigan joylarga tayorlayotgan hujumlari oldi olindi”, — deyilgan muassasa xabarida.

 

Huquqni saqlash organlari aytishiga ko‘ra, radikal guruh a’zolarining turar joylarida o‘qotar qurollar va o‘qlar, trotil, qo‘lbola portlovchi moslamalar, pichoqlar, ekstremistik mavzudagi audio va nashriyot materiallari topilgan. Undan tashqari maxsus qog‘oz, kompyuter va nusxa ko‘chirish texnikasi, va guruh a’zolari tomonidan  tayorlangan qalbaki pullar ham topilgan.  

Qo‘lga olingan guruh a’zolariga qarshi, Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 174 — Ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovat uyg‘otish, 256 — Terrorchilikni targ‘ib qilish, ommaviy terrorchilik akti amalga oshirishga da’vat qilish, 257 — Terrorchi guruh tashkil qilib uni boshqarish, 231 — Qalbaki pul yoki qimmatli qog‘izlar tayorlash va undan foydalanish, 287 —Noqonuniy ravishda qurol-yarog‘, portlovchi moddalar sotib olish, sotish, birovga berish va saqlash va 288 — Noqonuniy ravishda qurol yasash moddalariga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Qozig‘iston MXQ xabariga asosan G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida 10 kishi, Oqto‘be viloyatida – 11 kishi hibsga olingan. Tergov ishlari davom etmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0