TOShKENT, 31 avg — Sputnik. 2016-yilning 30-avgust kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi 2016-2017-yillar uchun mo‘ljallangan Hamkorlik dasturiga ko‘ra vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV axborot-xizmati.
Xabarda ta’kidlanishicha, Rossiya tomonidan TIV MDH Birinchi departamenti direktori Mixail Yevdokimov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgan.
Maslahatlashuvlar davomida MDH doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilgan.