Rustam Azimovning hibsga olingani haqidagi xabar inkor etildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov
O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Moliya vaziri Rustam Azimov ayni vaqtda o‘z ish joyida, deb xabar qilgan seshanba kuni RIA Novosti nashriga Moliya vazirligi qabulxonasi vakili.

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Bir kun oldin OAVlarda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning go‘yoki vafot etgani haqidagi xabarlardan so‘ng Rustam Azimov uy qamog‘iga olingani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

"Vazirlik odatiy tartibda ishlayapti, rahbariyatning hammasi joyida, Rustam Sodiqovich (Azimov, tahr.) o‘z kabinetidalar", — deb xabar qilgan Moliya vazirligi vakili.

Rustam Azimov 2000-yildan beri O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab keladi.

2005 yilning fevralidan buyon u shuningdek, Respublika Moliya vazirligiga rahbarlik qilib kelmoqda.

"Fergana" nashri kecha kechqurun O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov kunduz kuni insult oqibatida vafot etgani haqida xabar tarqatdi. O‘zbekiston Prezidenti apparatidagi manba dushanba kuni kechqurun RIA Novosti nashriga Karimovning ahvoli stabil ekanligini ma’lum qildi va prezident vafoti haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi. Bu xabarni hech kim rasman tasdiqlagani yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0