Kamilov Islom Karimov nomidan mukofotlarni topshirdi

© Anvar Ilyasov"O‘zbekiston mustaqilligiga 25-yil" esdalik nishoni
O‘zbekiston mustaqilligiga 25-yil esdalik nishoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qisqa taqdirlash marosimidan keyin mukofotlanganlar o‘z xizmatlari yuqori baholanganligi uchun davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirishdi va tez kunda sog‘ayib ketishlarini tilashdi, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

 

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov vazirlikning bir guruh xodimlariga “O‘zbekiston mustaqilligiga 25-yil” esdalik nishonlarini topshirdi, deyiladi TIV matbuot-xizmati xabarida.

Qisqa taqdirlash marosimidan keyin mukofotlanganlar o‘z xizmatlari yuqori baholanganligi uchun davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirishdi va tez kunda sog‘ayib ketishlarini tilashdi, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Ilgariroq O‘zbekiston rasmiy OAVlari Vazirlar Mahkamasining Prezident Islom Karimov statsionar davolanishda ekanligi haqidagi xabarini tarqatgan edi.

Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillyayeva Instagramdagi sahifasida otasining miyasiga qon quyilishi sababli kasalxonada ekanligini, uning ahvoli barqaror ekanligini ma’lum qilgandi.

 

Yangiliklar lentasi
0