1 sentabr kuni bayram tadbirlari Toshkentning qaysi hududlarida o‘tkazilishi e’lon qilindi

© Sputnik / Xulkar IbragimovaToshkentda bayram tadbiri
Toshkentda bayram tadbiri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari 1-sentabr kuni Toshkent shahrining 12ta nuqtasida o‘tkaziladi.

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Toshkent shahar hokimining 2016-yil 29-iyulidagi 122-f-sonli farmoyishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25-yillik bayrami munosabati bilan 2016-yil 1-sentabr kuni soat 11:00dan 18:00gacha poytaxtdagi xiyobon va istirohat bog‘larida bo‘lib o‘tadigan xalq sayili hamda bayram tadbirlari rejasi tasdiqlangan. Bu haqda Toshkent shahri hokimiyati saytida ma’lum qilingan.

E’longa ko‘ra, bayram tadbirlari o‘tkaziladigan hududlar quyidagilardir: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i, Abdulla Qodiriy, Bobur, Mirzo Ulug‘bek, Furqat, G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘lari, Toshkent hayvonot bog‘i, O‘zbekiston Davlat sirki,  O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat ma’rifat markazi, “Baxt diyor” guzari oldi maydonlari, “Lokomotiv”, “Quyoshcha nuri” madaniyat va istirohat bog‘lari.

Yangiliklar lentasi
0