TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Tojik-o‘zbek chegarasidagi vaziyat barqaror, uni qo‘riqlash uchun qo‘shimcha kuch va texnikadan foydalanilmayapti, deb xabar berdi Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Muhammad Ulug‘xo‘jayev.
Ilgariroq ayrim ommaviy axborot vositalari Tojikiston hukumatidagi manbaga asoslanib Islom Karimovning sog‘ligi borasidagi qarama-qarshi xabarlardan so‘ng Tojikiston O‘zbekiston bilan chegarasini qo‘riqlashni kuchaytirayotgani haqida xabar bergandi.
"Tojik-o‘zbek chegarasining mustahkamlanayotgani haqidagi xabarlar noto‘g‘ri, chegara oddiy tartibda qo‘riqlanmoqda", — dedi Ulug‘xo‘jayev.
Uning aytishicha, Tojikiston mustaqilligining 25-yilligi bayrami (9 sentabr) arafasida chegaralarni kuchaytirishga hojat yo‘q.
"Qo‘riqlash amaldagi kelishuvlarga muvofiq amalga oshiriladi, nazorat-o‘tkazish punktlari tegishli qoidalar asosida faoliyat olib boradi", — dedi matbuot xizmati xodimi.