Obamani o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishBarak Obama
Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Gargyulo Obamani ta’til o‘tkazayotgan Martas-Vinyard orolida golf o‘ynayotgan paytida o‘ldirishni rejalashtirgan", — deyiladi telekanal xabarida.

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Federal qidiruv burosi agentlari Massachusets shtatida yashovchi shaxsni AQSh prezidenti Barak Obamaga suiqasd qilishda gumon qilib hibsga olishdi deb xabar beradi RIA Novosti Fox News telekanaliga asoslanib.

Telekanalning ma’lumot berishicha, 40 yoshli Jozef Gargyulo 27-avgust kuni qo‘lga olingan. Tintuv chog‘ida uning uyidan qurol-yarog‘lar va portlovchi moddalar topilgan. FQBga Gargyuloning tanishi uning suiqasdga tayyorlanayotgani haqida ma’lumot yetkazgan.

"Gargyulo Obamani ta’til o‘tkazayotgan Martas-Vinyard orolida golf o‘ynayotgan paytida o‘ldirishni rejalashtirgan", — deyiladi telekanal xabarida.

Buroning ma’lumotiga qaraganda, Gargyulo ruhan nosog‘lom bo‘lgan va tez orada AQShda harbiy holat kiritilishiga ishongan. U bir necha marta AQSh xavfsizlik xizmati xodimlari va musulmonlarni o‘ldirish bilan tahdid qilgan, deyiladi telekanal tomonidan.

 

Yangiliklar lentasi
0