TOShKENT, 30-avgust – Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan XV Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Braziliyaga jo‘nab ketdi.
O‘zbekistonning 32 nafar paralimpiyachisi sportning besh turi — dzudo, yengil atletika, suzish, o‘q otish va pauerlifting bo‘yicha ishtirok etadi.
Terma jamoa tarkibida tajribali sportchilar bilan bir qatorda yosh, ilk bor katta sportda ishtirok etayotganlar bor.