Karimovning go‘yoki vafot etgani haqidagi mish-mishlardan so‘ng Toshkentda vaziyat tinch

Obuna bo‘lish
1 sentabr - Mustaqillik bayrami arafasida Toshkent bayroqlar va bayromona pannolar bilan bezatilgan. O‘zbekiston poytaxtida vaziyat bir tekis: huquqni muhofaza qilish kuchlari yoxud harbiylar soni ko‘paytirilgani sezilgani yo‘q.

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Dushanba kuni OAVlarda e’lon qilingan O‘zbekiston prezidentining go‘yoki vafot etgani haqidagi xabarlardan so‘ng Toshkentda vaziyat tinch, deb xabar qilmoqda muxbir.

1 sentabr — Mustaqillik bayrami arafasida Toshkent bayroqlar va bayromona pannolar bilan bezatilgan. O‘zbekiston poytaxtida vaziyat bir tekis: huquqni muhofaza qilish kuchlari yoxud harbiylar soni ko‘paytirilgani sezilgani yo‘q.

Harakat to‘silishi ham kuzatilgani yo‘q.

O‘zBekiston Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Prezident apparati: Islom Karimov stabil holda

Mahalliy telekanallar va radiostansiyalar kundalik tartibda faoliyat yuritishmoqda: ularda bayramoldi dasturlar va konsertlar namoyish etilmoqda.

"Fergana" nashri dushanba kuni kechqurun O‘zbekiston rahbari kunduz kuni insultdan so‘ng vafot etgani haqida xabar tarqatgan edi. O‘zbekiston prezidenti apparatidagi manba dushanba kuni kechqurun Islom Karimovning ahvoli stabil ekanligini ma’lum qildi, va prezidentning vafoti haqidagi xabarni tasdiqlamadi. Bu xabar hozircha o‘z rasmiy tasdig‘ini topgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati yakshanba kuni Islom Karimov statsionar davolanishga yotqizilgani, va bu "ma’lum vaqtni olishi" haqida xabar tarqatgan edi. Dushanba kuni ertalab Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva o‘zining Instagram sahifasida Prezident miyaga qon quyilishi oqibatida reanimatsiyaga yotqizilganini, ammo u kishining holati bir xilda ekanligini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0