TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Saratov viloyati politsiyachilari ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan uchta avtobusni to‘xtatdi, deb ma’lum qildi hududiy IIV boshqarmasi boshlig‘i, RIA Novosti xabariga asosan. 100dan ortiq kishi migratsion qonunchilikni buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Xabarda aytilishicha, Krasnodardan Toshkentga o‘zbekistonlik 135 nafar fuqaroni olib ketayotgan avtobuslar Verxniy Kurdum qishlog‘ida to‘xtatilgan.
"Hujjatlarni tekshirish chog‘ida aksariyat yo‘lovchilar Rossiya hududida bo‘lish tartibini buzganligi aniqlandi. Tartibbuzarlar va avtobuslar haydovchilari ma’muriy javobgarlikka tortildi", — deyiladi xabarda.