Anqara Suriya kurdlariga ultimatum qo‘ydi

© AP Photo / Lefteris PitarakisTurk armiyasi
Turk armiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq kurdlar Turkiya artilleriyasi va HHK Halabdan shimoldagi Jarablus shahri yaqinidagi ikkita aholi maskaniga zarba berishganini bildirishgandi.

 

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Suriya kurdlariga mansub qurolli kuchlar Frot darosi sharqini tark etmaydigan bo‘lsa Turkiyaning Suriya shimolidagi operatsiyasi nishoniga aylanishlari mumkin, dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li, deb xabar beradi RIA Novosti.

Anqaradagi matbuot anjumanida u Jarablusdagi operatsiyadan asosiy maqsad hududni ID terrorchilik guruhidan tozalash ekanligini ta’kidladi.

"IDni havo hujumi bilan yengib bo‘lmaydi, biz quruqlikdagi operatsiyalar yordamida bunga erishishimiz mumkin. Turkiya o‘tkazayotgan operatsiyada mahalliy aholi ishtirok etmoqda. Bu yerga o‘z egalari qaytishi kerak. Lekin Suriya kurdlari mudofaa kuchlarining maqsadi bunday emas: ular aholini o‘z uylarini tark etishga majbur qilishmoqda, etnik tozalov o‘tkazishmoqda”, — dedi Chovushoglu.

Ilgariroq kurdlar Turkiya artilleriyasi va HHK Halabdan shimoldagi Jarablus shahri yaqinidagi ikkita aholi maskaniga zarba berishganini bildirishgandi. Ularning ma’lumot berishicha, zarbalar oqibatida tinch aholi qurbon bo‘lgan. O‘z navbatida Anqara tinch aholiga zarba berilgani haqidagi  xabarni inkor etdi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0