TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Harbiy bloklarning mavjud bo‘lishi bema’nilikdir, dedi Qozog‘iston prezidenti Nursultan Nazarboyev, deb xabar beradi RIA Novosti.
"Mavjudligi bema’nilikka aylangan harbiy bloklar endi o‘tmishda qolishi kerak. Biz hech qachon yadro quroliga ega ikki davlat to‘qnashuvidan xavotirlanmagandik, hozir esa bunga yaqin turibmiz", — dedi Nazarboyev Ostonadagi “Yadro qurolisiz dunyo qurish” deb nomlangan xalqaro anjumanda.
Qozog‘iston prezidenti shuningdek “yadroviy aslahalarni qisqartirish jarayoni mana shunday qurolga ega barcha davlatlarning ishtirokida o‘tkazilishi lozim”ligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ostona yadro qurolini butkul taqiqlash bo‘yicha BMT Konvensiyasi qabul qilinishiga erishmoqchi.
"Barcha yadroviy hukumatlar yadro qurollarini qisqartirish bo‘yicha umuiy shartnomani ishlab chiqishga kirishishi kerak”,— dedi Nazarboyev.