O‘zbekistonlik olti yoshli bola rekordchiga aylandi

© Federatsiya shaxmat UzbekistanaXumoyun Begmuratov
Xumoyun Begmuratov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olti yoshli Osiyo chempioni Humoyun Begmuratov endi grossmeyster bo‘lishni orzu qilmoqda.

TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Humoyun Begmuratov olti yoshu besh oyligida nafaqat O‘zbekistonda, balki butun jahonda eng yosh shaxmat bo‘yicha sport ustaligiga nomzod bo‘ldi, deyiladi FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinovning O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi saytida e’lon qilingan tabrik maktubida.

"O‘z mehnatsevarliging, g‘ayrating, shijoating va g‘alabaga bo‘lgan istaging tufayli sen yuksak cho‘qqiga erishding. Sen o‘z mamlakating va Osiyo chempionisan. Jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritishingga ham ishonaman",- deyiladi Ilyumjinovning maktubida.

Mongoliyada bolalar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida Humoyun Begmuratov “turnir kashfiyoti” degan nomga sazovor bo‘ldi.

"Seni o‘rnatgan rekording bilan tabriklayman va g‘alabaga hamisha ishonch, yangi maqsadlarga erishishda matonat va mahoratingni ko‘rsatishingni tilayman!" — deyiladi tabrik maktubida.

Yangiliklar lentasi
0