O‘zbekiston Tojikistondan kirib keladigan mashinalar uchun yig‘im to‘lovini oshirdi

© Sputnik / Yevgeniy YepanchinsevChegara
Chegara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Stavka 65 foizga oshiriladi. O‘zbekistonga Tojikiston orqali kirib keladigan xorijiy yuk transport vositalari va avtobuslarning kirishi va tranziti uchun yig‘im miqdori o‘zgarishsiz, 265 dollar miqdorida qoladi.

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekiston hukumati 1-sentabrdan boshlab Tojikistondan kirib keladigan avtotransport vositalarining kirib kelishi va tranziti uchun yig‘im stavkasi miqdorini har bir avtotransport uchun 118 dollardan 180 dollargacha oshirishi dushanba kuni e’lon qilingan hukumat qaroridan ma’lum bo‘ldideb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri. O‘zbekistonga Tojikiston orqali kirib keladigan xorijiy yuk transport vositalari va avtobuslarning kirishi va tranziti uchun yig‘im miqdori o‘zgarishsiz, 265 dollar miqdorida qoladi, deb ma’lum qilishdi respublika davlat bojxona qo‘mitasida.

Shuningdek, Turkmanistondan O‘zbekiston orqali Tojikistonga yo‘l olgan avtotransport vositalari tranziti uchun stavka ham o‘zgarishsiz qoldi: yuk tashish quvvati 10 tonnagacha bo‘lgan yuk avtomobillari va 12tagacha yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan avtobuslar uchun — 35 dollar, yuk tashish quvvati 10 tonnadaon ortiq yuk mashinalari va 12dan ortiq yo‘lovchi tashiydigan avtobuslar uchun — 55 dollar.

2012 yilning 1-avgustidan buyon O‘zbekiston hududiga xorijiy avtotashuvchilarning kirib kelishiga faqatgina respublika mutasaddi tashkilotlari tomonidan berilgan ruxsatnoma bo‘lganidagina ruxsat berilgan. Ilgari kirish uchun ruxsatnoma bevosita chegarani kesib o‘tish punktlarida berilardi. Bundan tashqari, 2012-yil 1-avgustidan boshlab xorijiy yuk tashuvchilar avtotransport og‘irligi 50 tonnadan ortiq bo‘lsa O‘zbekiston hududida bosib o‘tilgan har bir kilometr uchun 1 dollardan to‘lashi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0