TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Moskva shimoli-sharqidagi omborxonalardan birida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida kamida 16 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda shahar FV xizmati.
Ayni damda olov o‘chirilgan. Guvohlar aytishiga qaraganda, yonayotgan ombordan chiqib kelgan kishilarning o‘zlari qaytib kirib, u yerda qolgan o‘z yaqinlarini qutkarishga harakat qilishgan. Shunday yo‘l bilan ular 5 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan.
“U yerda mening turmush o‘rtog‘im qolgan, unga nima bo‘lganini bilmayman. U ham boshqalar bilan birga qurbon bo‘lganni aniq”, — deydi yong‘indan qochib chiqqan Qirg‘iziston fuqarosi.
Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu omborxonada asosan Qirg‘iziston fuqarolari ishlagan, Hozircha ularning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
O‘t o‘chiruvchilar xabariga ko‘ra, Altufyevo ko‘chasida joylashgan nashriyotlardan birining omborxonasida sodir bo‘lgan yong‘in, u yerda ko‘p miqdorda bo‘lgan nashriyot mahsulotlari va tez yonuvchi suyuqliklar tufayli tez tarqalib ketgan. O‘t o‘chirilganidan keyin, eshigini yong‘in to‘sib qo‘ygan xonadan 16 kishining jasadi topilgan.
Yong‘indan jarohatlangan 4 kishi Sklifosovskiy kasalxonasiga yotqizilgan. Ulardan biri kasalxonada vafot etgan.
Tergov qo‘mitasi ushbu fojea sabablarini o‘rganmoqda.
Moskva shahar meri, Serey Sobanin qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga o‘z hamdardligini bildirdi.
Virajayu soboleznovaniya rodnim pogibshix i postradavshim pri pojare na Altufyevskom shosse
— Sergey Sobanin (@MosSobyanin) 27 avgusta 2016 g.