Tolibon Afg‘onistonning sharqiy tumanlaridan birini egallab oldi

© Commons.wikimedia / isafmediaTolibon jangarilari
Tolibon jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pajvak agentligi xabariga ko‘ra, Djani Kxel tumani uchun bo‘lgan janglarda Afg‘oniston Xavsizlik qo‘shnlaridan 50 kishi, Tolibon jangarilardan esa 200 kishi qurbon bo‘lgan.

TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Tolibonning 1200 jangaridan iborat guruhi juma kechqurun Afg‘oniston sharqiy tumanlaridan biriga hujum qilib, uni egallab oldi, deb xabar qilmoqda Tolonews telekanali.

Pajvak agentligi xabariga ko‘ra, Pokiston bilan chegaradosh bo‘lgan, Paktika viloyatining Djani Kxel tumanida uchun bo‘lgan janglarda Afg‘oniston Xavsizlik qo‘shnlaridan 50 kishi, Tolibon jangarilardan esa 200 kishi qurbon bo‘lgan.Tuman ma’muriyati rahbari, Abdu Rahmon Solamalaning so‘zlariga qaraganda, Afg‘oniston markaziy hukumati qo‘shnlari yordamga kelmagani sababli, Tolibon hujumi muvaffaqiyatli yakunlangan.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi vaqtlarda Afg‘onistonda Tolibon radikal harakati va “Islom davlati”  terrorchi tashkilotining faolligi kuchaydi. Afg‘oniston rasmiy hukumati jang qilayotgan guruh rahbarlarini jamlab tinchlik shartnomasi tuzish borasida qilgan sa’y-harakatlari ham natija bermadi. O‘tgan oy davomida Qobulda, o‘nlab kishining umriga zomin bo‘lgan, bir necha qonli teraktlar amalga oshirildi.

Yangiliklar lentasi
0