Namanganda snayperlar bahsi bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishSport snayper vinovkasi
Sport snayper vinovkasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pnevmatik qurollardan o‘q otish bo‘yicha musobaqa g‘oliblari sentabrda Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan xalqaro turnirda qatnashadi.

TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Namanganda Pnevmatik quroldan otish bo‘yicha, Yoshlar orasida O‘zbekiston Kubogi final musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Undan 1998 va undan keyingi yillarda tug‘ilgan yoshlar qatnashdi.

Yuzdan ortiq qatnashchilar nafaqat g‘alaba, balkim mamlakat terma jamoasidan o‘rin olish uchun ham kurash olib borishdi. Ushbu musobaqalar pnevmatik quroldan o‘q otish respublikaning turli hudularida yuqori darajada rivojlanib borayotganini ko‘rsatdi, deb xabar qilmoqda  Nuz.uz portali.  

Pnevmatik quroldan otish bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi finali, har doimgidek, o‘ta jiddiy raqobat vaziyatida bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatning 108 eng yaxshi merganlari qatnashdi. Merganlarning yarmi — qiz bolalardir, — deyilgan xabarda.

Qizlar orasida respublika bo‘yicha eng yaxshi natijani Toshkent viloyati vakili Zaynab Pardaboyeva ko‘rsatdi.Namanganlik Muxtasar Toxirova ikkinchi o‘rinni va Andijonlik Elya Kondrashova – uchinchi o‘rinni egalladi.

O‘g‘il bolalar orasida eng yaxshi natijani Samarqan viloyati vakili Umid Pardayev namoyish qildi. Ikkinchi o‘rin – Toshkent viloyati vakili Rail Valiv, Andijonlik Mahkamboy Sharobiddinov esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqada Andijon jamoasi eng ko‘p ochko to‘plab musobaqa g‘olibi bo‘ldi va mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Toshkent viloyati jamoasi va uchinchi o‘rinni esa Farg‘onalik merganlar egalladi.

Yangiliklar lentasi
0