TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ichki Ishlar vazirligi va Tergov Qo‘mitasi organlarida ishlayotgan sakkiz nafar generalni o‘z lavozimidan bo‘shatish haqida buyruq imzoladi, deb xabar bermoqda huquqiy xabarlar portali.
Rossiya Tergov Qo‘mitasi Bosh boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari general-mayor Dmitriy Shershakov va general-mayor Vitaliy Frolovlar prezident buyrug‘iga asosan o‘z lavozimlaridan bo‘shatilgan.
Shuningdek, Ichki ishlar vazirligining Krasnoyarsk o‘lkasi bo‘yicha Bosh Boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Vadim Antonov, uning o‘rinbosari general-mayor Vacheslav Andreyev, Orenburg viloyati FVV Bosh boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Petr Ivanov, Rossiya IIVning Qo‘riqlash Bo‘linmasi Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari general-mayor Aleksey Laushkin hamda Tambov viloyati Tergov Qo‘mitasi rahbari general-mayor Aleksandr Tiskovskiylar ham o‘z lavozimidan ozod qilindi.