Kaliforniyadagi eng katta neft zavodida portlash ro‘y berdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishNeftni qayta ishlash korxonasi
Neftni qayta ishlash korxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahalliy qutqaruv xizmatlari o‘tkazgan tekshiruvlar natijasida atmosferada zararli moddalar meyoridan oshmagani aniqlangan.

TOShKENT, 27 avg — Sputnik. AQShning Kaliforniya shtatidagi neftni qayta ishlash zavodida portlash yuz berdi, deb xabar qildi Los Angeles Times.

Tesoro kompaniyasiga qarashli bo‘lgan neft zavodida, juma kuni soat 13:00 da oltingugurt saqlanayotgan rezervuar portlab ketgan, undan keyin esa yong‘in sodir bo‘lgan.  

Olov tez o‘chirilgan bo‘lishiga qaramasdan mahalliy hukumat aholiga ko‘chaga chiqmaslikni maslahat bergan, chunki yongan oltingugurtdan atrof muhit havosi zaharlanish havfi kuchli bo‘lgan.

Ayni damda ushbu halokat sabablari o‘rganilmoqda. Mahalliy qutqaruv xizmatlari o‘tkazgan tekshiruvlar natijasida atmosferada zararli moddalar meyoridan  oshmagani aniqlangan.

Ushbu neftni qayta ishlash zavodi AQShning G‘arbiy qirg‘og‘ida eng katta zavod bo‘lib, kuniga 380 barrel neftni qayta ishlash imkoniga ega. Korxonaga neft xom ashyosi Kaliforniya, Alyaska va G‘arbiy Afrikadan olib kelinadi.

 

Yangiliklar lentasi
0