Fransiya davlat kengashi burkini kiyishni taqiqlashni noqonuniy deb topdi

© AFP 2023 / MARWAN NAAMANIBurkini
Burkini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U diniy liboslarni kiyishni taqiqlash mumkinligini, lekin buni terrorchilik tahdidi bilan bog‘liq “mamlakatdagi umumiy vaziyat” bilan bog‘lamaslikni, biror yerda diniy libosda yurish jamoatchilikka haqiqatan xavf keltirishini isbotlovchi dalil bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Fransiya davlat kengashi Nissa yaqinidagi Vilnev-Lube maskanida plyajlarda musulmonlar cho‘milish kiyimi – burkini kiyishni taqiqlanishini noqonuniy deb topdi, deb xabar beradi RIA Novosti BFMTV telekanaliga asoslanib.

"Davlat kengashi Vilnev-Lubedagi taqiqni noqonuniy deb topdi va uni to‘xtatdi. Shu orqali davlat kengashi erkinlik huquqini himoya qiladi, merlar ushbu huquqni buzganida va adolatsizlik qilganida ularning hukmronligini chegaralaydi", — dedi davlat kengashi majlisida inson huquqlari ligasi advokati.

U diniy liboslarni kiyishni taqiqlash mumkinligini, lekin buni terrorchilik tahdidi bilan bog‘liq “mamlakatdagi umumiy vaziyat” bilan bog‘lamaslikni, biror yerda diniy libosda yurish jamoatchilikka haqiqatan xavf keltirishini isbotlovchi dalil bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

"Mazkur holatda esa bunday dalil keltirilmagan", — dedi advokat.

Burkini butun tanani yopib turuvchi musulmon ayollarning cho‘milish kiyimidir. Fransiya janubi-sharqida 15ta shahar plyajda burkini kiyib yurishni taqiqlagan.

Fransiya davlat kengashi yuqori ma’muriy instansiya bo‘lib, u agarda huquq meyorlariga muvofiq kelmasa, qonun hujjatlarining amalda bo‘lishini taqiqlash huquqiga ega.

Yangiliklar lentasi
0