Forbes: yangi urushni Vashingtonning cho‘ntagi ko‘tarmaydi

Obuna bo‘lish
Yuqori lavozimdagi harbiy mansabdorlar Eron, Shimoliy Koreya yoki Rossiya bilan katta harbiy to‘qnashuv bo‘lishi mumkin deb hisoblashmoqda.

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Pentagon besh yil ichida urush uchun puli yo‘q AQSh yana harbiy nizoga aralashib qolishidan xavotirlanmoqda, deb yozadi Forbes.

Yuqori lavozimdagi harbiy mansabdorlar Eron, Shimoliy Koreya yoki Rossiya bilan katta harbiy to‘qnashuv bo‘lishi mumkin deb hisoblashmoqda. Lekin Pentagonni ko‘proq Amerika armiyasining bu holatga yetarlicha darajada tayyor emasligi tashvishlantirmoqda, deyiladi maqolada.

Yerusti janglari uchun yangi texnologiyalarni moliyalashtirish judayam past darajada. Bir yil davomida AQSh armiyasi transport xarajatlari uchun General Motors bir haftada topgan daromaddan ham ozroq pul sarflay oladi. Vertolotlarning moddiy-texnik ta’minotiga ajratilgan budjet Reygan davridagi havo kemalarini modernizatsiyalashtirishga ketmoqda, chunki Amerika HHK yangi samolyotlarni sotib olishga qurbi yetmaydi, deydi nashr.

"Pentagon yaqin o‘n yil davomida AQShning armiyani zamonaviylashtirish rejasi yo‘qligini bildirganida mubolag‘a qilmayapti”, — deb yozadi Forbes.

Yangiliklar lentasi
0