Oqtepa va Muqimiy ko‘chasidagi transport bog‘lamasi deyarli tayyor

© UZ24Oqtepa va Muqimiy ko‘chasidagi transport bog‘lamasi deyarli tayyor
Oqtepa va Muqimiy ko‘chasidagi transport bog‘lamasi deyarli tayyor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turarjoylar, ta’lim maskanlari, qolgan ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish muassasalari binolari ta’mirlandi va bir xil rangga bo‘yaldi.

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Toshkentda Oqtepa maydonidagi Nurafshon ko‘chasini Muqimiy va Nukus ko‘chalari bilan bog‘laydigan uzunligi 22 kilometrli uchinchi halqa yo‘li qurilishi deyarli nihoyasiga yetdi, deb xabar beradi Uz24.

Kichik halqa yo‘li boshqa trassalarga tushadigan bosimni kamaytiradi va markazdan Chilonzorga tezroq borib-kelish imkonini berib, poytaxtning sakkizta tumanini bog‘laydi.

© UZ24Oqtepa va Muqimiy ko‘chasidagi transport bog‘lamasi deyarli tayyor
Oqtepa va Muqimiy ko‘chasidagi transport bog‘lamasi deyarli tayyor  - Sputnik O‘zbekiston
Oqtepa va Muqimiy ko‘chasidagi transport bog‘lamasi deyarli tayyor

Piyodalar uchun Lutfiy va Muqimiy ko‘chalarida eskalator va liftlari bo‘lgan ikkita yerusti o‘tish yo‘li barpo etildi.

Shuningdek, Muqimiy ko‘chasini keng miqyosda rekonstruksiya qilish ishlari ham yakunlanmoqda. Ko‘cha bo‘ylab joylashgan ko‘plab magazinlar, kafe, salon va boshqa inshootlar buzib tashlandi. Turarjoylar, ta’lim maskanlari, qolgan ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish muassasalari binolari ta’mirlandi va bir xil rangga bo‘yaldi. Maxsus ajratilgan joylarda keyingi paytda poytaxt markazida paydo bo‘lgan avtobus bekatlari kabi oynavand bekatlar qurildi.

Yangiliklar lentasi
0