General-polkovnik: Putin va Erdo‘g‘onning Suriya bo‘yicha kelishuvi bo‘lmagan gap

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPutin va Erdo‘g‘on
Putin va Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Siyosatda haqiqat har doim oz bo‘ladi, turk tomonining ushbu masala bo‘yicha qarashida esa haqiqat umuman yo‘q", — dedi Ivashov "Rossiya segodnya" XAA matbuot anjumanida.

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Rossiya rahbari Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Erdo‘g‘on Suriya hududida turk qurolli kuchlarining operatsiya o‘tkazishi bo‘yicha kelishishmagan, Moskva bunga rozilik bermagan, dedi geosiyosiy muammolar akademiyasi prezidenti, general-polkovnik Leonid Ivashov, deb xabar beradi RIA Novosti.

"Siyosatda haqiqat har doim oz bo‘ladi, turk tomonining ushbu masala bo‘yicha qarashida esa haqiqat umuman yo‘q. Chunki IDga qarshi kurash, turk OAVlarining Erdo‘g‘onning Putin bilan kelishuvi haqidagi fikrlari yolg‘on", — dedi Ivashov "Rossiya segodnya" XAA matbuot anjumanida.

U avgust boshida Sankt-Peterburgdagi uchrashuv chog‘ida prezidentlar “terrorchilik tashkilotchilariga qarshi harakat bo‘yicha prinsipial savollarni”, birinchi navbatda “Islom davlati”ga qarshi kurashishni muhokama qilishganini ta’kidladi.

"Lekin Rossiya bu operatsiyaga rozilik bermagan va bera olmasdi ham. Chunki Rossiya xalqaro huquq meyorlari va BMT ustaviga qat’iy rioya qiladi… Turkiya o‘z harakati bilan hududdagi mavjud huquqiy tizim buzilishiga olib kelishi mumkin", — dedi Ivashov.

Turkiya armiyasi chorshanba kuni Jarablus shahrida IDga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Suriya hukumati Turkiyaning bu harakatini suverenitetning buzilishi deb baholadi.

Yangiliklar lentasi
0