Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga uringan oppozitsiya yetakchilari ustidan sud boshlandi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSud.
Sud. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yilning 12-may kuni Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasi mamlakat Jinoyat kodeksining “hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga tayyorlanish” va “hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik ishlatishga urinish” ko‘zda tutilgan moddalariga asosan jinoyatlar bo‘yicha “xalq parlamenti” uyushmasi rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘agandi.

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Bishkekdagi Pervomaysk tuman sudida Qirg‘izistonda hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga tayyorlanishda ayblangan “Xalq parlamenti” yetakchilari ustidan yopiq sud boshlandi, deb xabar beradi RIA Novosti muxbiri.

Shu yilning 12-may kuni Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasi mamlakat Jinoyat kodeksining “hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga tayyorlanish” va “hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik ishlatishga urinish” ko‘zda tutilgan moddalariga asosan jinoyatlar bo‘yicha “xalq parlamenti” uyushmasi rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘agandi. Sud qarori bilan jamoat uyushmasining qator rahbarlari hibsga olingandi.

Bekbolot Talgarbekov, Torobay Kolubayev, Marat Sultanov, Aleksandr Gusev va Toygonbek Kalmatov ustidan sud jarayoni hibsdagilarning qarindoshlari va tarafdorlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasidagi janjal bilan boshlandi. 50ga yaqin kishi sud binosiga kirish eshigini to‘sib olib, jurnalistlarni ichkariga kiritishni talab qildi. Ular shuningdek bino atrofidagi panjaralarga “Ochiq sudni talab qilamiz” deb yozilgan plakatlarni ilishga urinishdi.

Sud jarayoni yopiq tarzda boshlandi va davlat ayblovchisining kelmaganligi sababli shu zahoti to‘xtatildi. Sudlanuvchilarning advokatlari ish bo‘yicha ochiq sud bo‘lishini so‘rab so‘rovnoma kiritishdi. Navbatdagi sud majlisi muddati hozircha belgilanmadi.

“Xalq parlamenti” uyushmasining yetakchilari muloqoti yozilgan yozuvlar 2016-yil bahorida Bishkek va hududlarda oppozitsiya e’lon qilgan mitinglardan so‘ng internetda paydo bo‘lgandi. Davlat xavfsizlik qo‘mitasi ushbu yozuvlarning haqiqiyligini rasman tasdiqlagani yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0