Rossiya TIV: ID kimoviy qurolga ega ekanligi tasdiqlandi

© Sputnik / StringerSuriyadagi kimoviy qurol ombori.
Suriyadagi kimoviy qurol ombori. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgari ID jangarilari Iroq va Suriyada xlor asosidagi kimoviy quroldan foydalangani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Moskva BMT va Kimoviy qurolni taqiqlash tashkilotining uchinchi ma’ruzasini ma’qullaydi. Unda Rossiya tomonidan bir necha marta aytilgan ID terrorchilari kimoviy qurolga ega ekanligi haqidagi ma’lumot o‘z isbotini topgan, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova, RIA Novostiga asosan.

"Suriyada kimoviy qurol qo‘llanilgani holati yuzasidan BMT va KQTT tekshiruvlari bo‘yicha uchinchi ma’ruza chiqqanligini izohlashni istardim… Aytish mumkinki, bu biz uchun kutilmagan yangilik emas, ID kimoviy qurolga ega va uni nafaqat Iroq, balki Suriyada ham qo‘llamoqda”, — dedi u.

"Bilasizki, Rossiya tomoni bu haqda ko‘p bora ta’kidlagan, ogohlantirgan. Rossiyaning BMT Xavfsizlik kengashidagi tashabbusi ham shu bilan bog‘liq edi. Hozirda ushbu faktlar ma’ruza orqali tasdig‘ini topdi”, — bildirdi Zaxarova.

Ilgari ID jangarilari Iroq va Suriyada xlor asosidagi kimoviy quroldan foydalangani haqida xabar qilingandi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, jangarilar bu qurolni o‘zlari egallab turgan Mosul universiteti (Iroq) laboratoriyalarida tayyorlashmoqda.

Yangiliklar lentasi
0