Lavrov AQShga “oynaga bir qarab olishni” maslahat berdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishSergey Lavrov
Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Ular yaxshisi oynaga bir qarab olishsin va yanvardan buyon berayotgan va’dalarini bajarishsin: oppozitsiyani terrorchilardan ajratib olishsin”, — dedi vazir

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Rossiya TIV Sergey Lavrov AQShning Moskva va Tehron Suriyani kimoviy qurol qo‘llagani uchun javobgarlikka tortishi kerakligi haqidagi taklifiga izoh berdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

"Ular yaxshisi oynaga bir qarab olishsin va yanvardan buyon berayotgan va’dalarini bajarishsin: oppozitsiyani terrorchilardan ajratib olishsin. Ular bunday qila olishmayapti yoki qo‘lidan kelmaydi yoki istashmayapti. Shuning uchun avval o‘zlariga boqishsin”, — dedi vazir jurnalistlarning savollariga javob qaytararkan.

Ilgariroq AQSh milliy xavfsizlik kengashi vakili Ned Prays Vashington Rossiya va Eronni kimoviy qurol qo‘llagani uchun “Suriyani javobgarlikka tortish”ga chaqirganini bildirgandi. U BMT va Kimoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti ekspertlari Suriyada kimoviy quroldan foydalanilganini aniqlashgani va ikkita holatda Suriya hukumat kuchlarini, bitta holatda esa ID jangarilarini ayblashganidan so‘ng shunday bayonot bilan chiqqandi.

Yangiliklar lentasi
0