Toshkent-Buxoro yo‘nalishida ilk tezurar poyezd qatnovi amalga oshdi

© Michał Huniewicz"Afrosiyob" tezurar elektropoyezdi.
Afrosiyob tezurar elektropoyezdi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endi Toshkent va Buxoro o‘rtasidagi 600 kilometrlik masofa ilgarigidek 7-8 soatda emas, 3 soatu 20 daqiqada bosib o‘tiladi.

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Bugun "Afrosiyob" tezurar poyezdi Toshkent-Buxoro yo‘nalishida ilk qatnovini amalga oshirdi, deb xabar berdi "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmati.

Endi Toshkent va Buxoro o‘rtasidagi 600 kilometrlik masofa ilgarigidek 7-8 soatda emas, 3 soatu 20 daqiqada bosib o‘tiladi.

Loyiha doirasida Samarqand-Buxoro yo‘nalishida 259 kilometr yo‘l elektrlashtirildi. 146 kilometrlik "Maroqand-Navoiy" uchastkasida yer ko‘tarma ishlari bajarilib, yangi temir yo‘l to‘liq yotqizildi, Navoiydan-Buxorogacha bo‘lgan masofada esa mavjud po‘lat izlar to‘liq rekonstruksiya qilindi.

Bundan tashqari, ushbu yo‘nalishda jami 222ta sun’iy inshoot, shu jumladan, 1ta piyodalar o‘tish yo‘lagi, 4ta yo‘l o‘tkazgich va 4ta ko‘prik qurib bitkazildi. 
Elektropoyezdlarni uzluksiz elektr quvvati bilan ta’minlab beruvchi 4ta elektr tortish stansiyalari binolari ham tiklandi va eng zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlandi.

Kattaqo‘rg‘onda shahrida bir vaqtning o‘zida 100 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan yangi vokzal binosi qurildi, Buxoro vokzali esa kapital rekonstruksiya qilindi. Endilikda u bir vaqtning o‘zida 300 nafardan ziyod yo‘lovchini qabul qilishi va xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0