Matbuot va axborot agentligi direktori hozircha lavozimidan chetlashtirilmadi

© Sputnik / StringerUzbekskoe agentstvo po pechati i informatsii
Uzbekskoe agentstvo po pechati i informatsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Manbaning aytishicha, tekshiruv o‘tkazilayotgan vazirlik yoki muassasa rahbarini huquq-tartibot organlariga ko‘rgazma berish uchun chaqirish oddiy hol.

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori Omonullo Yunusov hozircha o‘z lavozimidan chetlashtirilgani yo‘q, deb xabar berdi agentlikdagi manba Sputnik muxbiriga.

Ilgariroq OAVlarda Yunusov O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tarkibiga kiruvchi “O‘zbekiston” nashriyot matbaa uyidagi talon-torojliklarga oid jinoyat ishi bo‘yicha O‘zbekiston milliy xavfsizlik xodimlari tomonidan qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqalgandi.

"Tekshiruv o‘tkazilayotgan vazirlik yoki muassasa rahbarini huquq-tartibot organlariga ko‘rgazma berish uchun chaqirish oddiy hol. Lekin ayrim ommaviy axborot vositalarida aytilganidek agentlik rahbarini xonasidan kishanlarda olib chiqib ketishgani haqidagi xabarlar bo‘lmag‘ur gap. Tergov ishlari ketapti, huquq-tartibot idoralari xodimlari barcha mas’ul shaxslardan ko‘rgazma olishapti, hammasi huquqiy asosda bo‘lyapti”, — dedi manba.

Uning aytishicha, Yunusov matbaa-nashriyot tizimida mamlakatdagi eng tajribali kishilardan hisoblanadi, u 1989 yildan buyon bu sohada faoliyat yuritadi. O‘sha davrdan to 2013-yilga qadar u “Sharq” nashriyot-matbaa konsernida barcha pog‘onalarni bosib o‘tgan, 2005-yildan konsernga rahbarlik qilgan.

2013 yilda Yunusov O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga bosh direktor etib tayinlangan. "Bu vazirlikka yangi rahbar tayinlash nozik ish. Hattoki Yunusovning ishdan olib tashlanish ehtimoli bo‘lsa-da, bu hali-beri yuz bermaydi", — ta’kidladi manba.

Yangiliklar lentasi
0