O‘zbekiston Qozog‘iston bilan chegarasini vaqtincha yopdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Mustaqillik kuni nishonlanishiga oz fursat qolganida qo‘shni davlatlar bilan chegaralar yopilmoqda. 22-avgust kuni O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarasidagi nazorat punktlarini yopgandi. Shu kuni Qozog‘iston bilan chegarada ham O‘zbekiston va xorijlik fuqarolarning mamlakatga kirib-chiqishlariga vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi.

“Chernyayevka” nomi bilan mashhur bo‘lgan "G‘isht ko‘prik" xalqaro chegara nazorat punktida ayni paytda O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatdan chiqish uchun cheklov o‘rnatilgan, lekin bu xorijliklarga taalluqli emas, deb xabar beradi nuz.uz muxbiri. Shu bilan birga O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatga kirish ruxsat etilgan, xorijliklarga esa chegara yopilgan.
Taklif etilganligi haqidagi telegrammaga ega to‘y va dafn marosimlariga, bemor qarindoshlari ziyoratiga otlanganlarga esa to‘sqinlik qilinmaydi.

Yangiliklar lentasi
0