TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Respublikaning yoshi 100dan oshgan 14 nafar fuqarosini “Shuhrat” medali bilan mukofotladi, deb xabar qilmoqda Prezident matbuot xizmati.
“Turli viloyatlardan yoshi 100dan oshgan 12 onaxon va 2 nafar otaxonlar, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25-yilligi arafasida bilan “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov ushbu qarorda, o‘z mehnati bilan xalq obro‘yini qozongan turli sohalarning ilg‘or mutaxasisslarini ham taqdirlagan. Ularga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor, irrigator, chorvador, pillachi, sanoat xodimi, quruvchi, transport xodimi, aviatsiya xodimi va aloqa xodimi unvonlari berilgan.
“Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlaridagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali mehnati bilan qishloq va suv xo‘jaligi, sanoat, transport, aloqa va qurilish sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin”, — deyyilgan qaror matnida.
“Nuroniy” fondi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda bugungi kunda 8700 nafar yoshi 100 dan oshga ota va onaxonlar yashamoqda.