MXX O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi direktorini qo‘lga oldi

© fotoliaKishan solingan qo‘l
Kishan solingan qo‘l - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Omonullo Yunusov, “O‘zbekiston” nashriyotida aniqlangan, davlat mablag‘larini noqonuniy sarflashda ayblanmoqda.

 

TOShKENT, 25 avg – Sputnik. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi direktori Omonulla Yunusov  22 avgust kuni MXX tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, mahalliy OAVlar xabariga asosan.

Yunusovga qarshi “O‘zbekiston” nashriyotida aniqlangan  kamomadlar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Omonullo Yunusov matbuot agentligiga 2013-yildan beri boshchilik qilib kelayotgan edi.

“Yunusov, davlat budjetidan kitoblar nashri uchun ajratilgan mablag‘larni, qonunga xilof ravishda sarf qilishda ayblanib, so‘roq qilinmoqda”, — deyilgan xabarda.   

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi vakillari va huquqni saqlash organlari mansabdor shaxsninigng hibsga olinishiga izoh berishgani yo‘q.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalari, axborotlar almashish, matbuot, noshirlik, matbaachilik faoliyati hamda davriy nashrlarni tarqatish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqarish va amalga oshirish borasidagi vazifalarni hal etish uchun vakolat berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0