Bu an’ana asoschisi eks-gvardiyachi Nils Egilen hisoblanadi. Qushlar aynan uning sharafiga Nils deya nomlanadi. Ikkinchi Ulaf ismi esa — Norvegiya qiroli Ulaf V sharafiga qo‘yiladi.
Qushlar, o‘rtacha 20-yilcha umr kechiradi, va har bir keyingi Nils Ulav o‘zidan oldingi pingvin ega bo‘lgan unvonda xizmatga qabul qilinadi.
Birinchi Nils Ulav serjant unvonida vafot etgan, hozirgi Nils Ulaf III esa o‘z xizmati mobaynida general unvonigacha borishga muvaffaq bo‘ldi va bu bilan dunyodagi eng yuqori martabali qush maqomiga ega bo‘ldi.
Hayvonot bog‘iga gvardiyachilar tashrifi chog‘ida general Nils Ulaf III qator saf tortgan askarlarni sinchiklab ko‘zdan kechirdi. Harbiy xizmatchilar esa brigada general-pingviniga o‘z hurmatlarini "chest berish" tarzida izhor qildilar.