TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Namangan viloyati IIB xodimlari 22-avgust kuni viloyatning Chortoq tumanida joylashgan Ungor-Tepa tepaligida pasport rejimi tekshiruvini o‘tkazdilar, deb ma’lum qilindi O‘zbekiston IIVda Sputnik muxbiriga.
Tekshiruv jarayonida O‘zbekiston hududida noqonuniy ravishda bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarolari, Qirg‘iziston radiorele stansiyasi xodimlari A.Urmanov, J.Tashmatov, U.Yeraliyev va N.Usupbayevlar qo‘lga olindi.
Qonunbuzarlar mahalliy militsiya bo‘limiga olib kelindi, ularga nisbatan O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq chora ko‘riladi.
"Ta’kidlash lozimki, ilgari erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarga qaramasdan, Qirg‘iziston huquq tartibot organlari besh oydan ortiq vaqt davomida Namangan viloyati Kosonsoy tumani O‘rta-To‘qay aholi maskaniga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa zarur mahsulotlarni o‘tkazmasdan maskan aholisini qamalda ushlab turibdi", — ta’kidlandi IIV tomonidan.
Bundan tashqari, Kosonsoy suv omborini qo‘riqlash bo‘yicha o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan Kosonsoy tuman ichki ishlar bo‘limi xodimi Qirg‘iziston kuch tizimlari tomonidan noqonuniy qo‘lga olingan va ushbu mamlakat hududida o‘n kundan ortiq vaqt davomida ushlab turilgan.