Damashq: turk tanklarining kiritilishi, bu Suriya suverenitetiga tajovuz

© REUTERS / StringerSuriya hududidagi turk qo‘shnlari
Suriya hududidagi turk qo‘shnlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya rasmiylari aytishiga ko‘ra, ushbu opreratsiya maqsadi Suriya hududidagi o‘rta muxolifatchilarni himoya qilishdir.

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Rasmiy Damashq Suriya hududiga Turkiiya tank va bronetexnikasining kiritilishini – davlat suverenitetining buzilishi deb qabul qildi, SANA axborot agentligi Suriya TIV xabari asosida.

Turkiya armiyasi AQSh boshchiligidagi koalitsiya samolyotlari ko‘magida chorshanba ertalab “Islom davlati”jangarilaridan ozod qilish uchun Suriya shimolida joylashgan Jarablus shahriga kirib keldi.

Suriya Tashqi ishlar xabariga ko‘ra, mamlakat hududida terrorchilarga qarsh kurash — faqat rasmiy Damashq bilan kelishilgan holda olib borilishi kerak.

“Jarablusda bo‘layotgan voqealar terrorchilikka qarshi kurash emas, shuning uchun Suriya hukumati BMTdan ushbu agressiyani bas qilishni va qonunga ko‘ra harakat qilishni va mamlakat mustaqilligini va chegarasini buzmaslikni so‘raydi”, — deyilgan xabarda.  

Anqara o‘z navbatida, Jarablusga kirish IDga qarshi kurashda buralish nuqtasiga aylanishni va Alepponi jangarilardan ozod qilishga yordam berishini ta’kidlamoqda.

Turkiya Ichki Ishlar vaziri Efkan Ala aytishiga qaraganda ushbu opreratsiya maqsadi Suriya hududidagi o‘rta muxolifatchilarni himoya qilishdir. Harbiy  operatsiya Jarablus hududi ID jangarilaridan to‘liq tozalanmagunicha  davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0