TOSHKENT, 24 avg — Sputnik. Dushanbeda “Markaziy Osiyoning seysmik xavfsizligi” deb nomlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkaziladi, deb xabar beradi Sputnik Tojikiston mamlakat fanlar akademiyasi matbuot xizmatiga asoslanib.
Anjuman 25-27 avgust kunlari Tojikiston milliy kutubxonasida boʻlib oʻtadi.
Anjuman qatnashchilari Markaziy Osiyo mamlakatlarida seysmik monitoring oʻtkazishadi, transchegaraviy zilzilalar xavfini kamaytirish borasida tajriba almashadilar hamda Markaziy Osiyoda seysmologik kuzatuvlarning yagona tizimini yaratish istiqbolini muhokama qiladilar.
Bundan tashqari, olimlar yirik shaharlar uchun seysmik xavfni kamaytirish masalasiga eʼtibor qaratishadi.
Qatnashchilar asosiy diqqat-eʼtiborida togʻli hududlarda joylashgan toʻgʻon va gidroelektrostantsiyalar xavfsizligi, xususan, Rogʻun GESi boʻladi.
Rogʻun GESining qurilishi bir necha yillardan buyon Oʻzbekiston bilan kelishmovchilik mavzusiga aylanib kelmoqda. Oʻzbekiston zilzila yuz berishi oqibatida toʻgʻonning buzilib ketishi mumkinligini taʼkidlamoqda.
Tojikiston esa Toshkentning xavotirini oʻrinsiz deb atab, mamlakatdagi xuddi shunday toʻgʻon orqali ishlayotgan boshqa GESlarni misol qilib keltirmoqda.