Ekspert: Rossiya nega Eron aerodromidan foydalanishni to‘xtatdi

© Sputnik / Alexander NatruskinSharqshunoslik instituti mutaxassisi Vladimir Sajin
Sharqshunoslik instituti mutaxassisi Vladimir Sajin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Havo-kosmik kuchlari Hamadan aviabazasidan foydalanmayotgani sabablari bir necha bo‘lishi mumkin, lekin asosiysi Eron va Rossiya orasida bu borada aniq kelishuvning bo‘lmagani va Eron hukumati ichidagi turli siyosiy ziddiyatlar, deb hisoblaydi Rossiya Sharqshunoslik instituti katta mutaxassisi Vladimir Sajin.

TOShKENT, 23 avg — Sputnik, Anastasiya Lebedeva. O‘tgan haftada Rossiya Havo-kosmik kuchlari Eronning Xamadan aviabazasidan foydalanib “Islom davlati”, Jabxat Fatax ash-Sham” terrorchilik guruhlari pozitsiyasiga zarba bergan edi.

Eron hukumati esa, Rossiya ushbu aviabazadan cheklanmagan davr mobaynida foydalanishi mumkin, — deb xabar qilgan edi, lekin keyinroq ma’lum bo‘lishiga qaraganda, Rossiya Xamdan aviabazasidan foydalanishni to‘xtatgan.

Rossiya Havo-kosmik kuchlari Eron aerodromini tark etishiga, Sputnik Tojikiston muxbiriga Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Vladimir Sajin  izoh berdi. Uning fikriga ko‘ra, ushbu voqealarning asosiy  sababi uchta.

Rossiya aerodromni to‘liq aviabazaga aylantirmoqchi bo‘lgan

Dastavval, Xamadan erodromidan faqat samolyotlarga yonilg‘i quyish va jangovar zahiralarni to‘ldirish maqsadida, qisqa muddatga qo‘nib-uchish uchun foydalanish rejalashtirilgan edi, deydi Sajin.

“Rossiyadan Suriya hududigacha juda katta masofa, samarali aviazarba berish uchun, yarim yo‘lda to‘xtab o‘tish kerak”, — dedi mutaxassis.  

Keyinchalik, Rossiya Xamadan aerodromidan to‘liq aviabaza sifatida foydalanishni so‘ragan. Ya’ni, aerodromda ko‘p sonli harbiy mutaxassislar, uchuvchilar, injener-texnik mutaxassislar va parvozni boshqarish xodimlari  va boshqalar kerak bo‘ladi.

“Eron bundan butunlay voz kechgan, chunki bu uning Konstitutsiyasiga zid”, — deydi sharqshunos.

Sukut – oltinga teng  

Ikkinchidan, bunga sabab, Rossiya o‘zining siyosiy g‘alabasini vaqtidan oldin e’lon qilishi bilan bog‘lik bo‘lishi mumkin, deydi ekspert.

Tomonlar ushbu kelishuv haqida baralla ovoza qilmaslik haqida kelishib olishgan bo‘lishiga qaramasdan, Rossiyaning bu haqida keng ovoza qilishi eron siyosiy doiralariga xush kelmagan bo‘lishi mumkin.

“Buni butunlay sir tutishning iloji yo‘q, albatta, chunki aviatsiyaning har bir qadami AQSh va NATO tomonidan kuzatib turiladi, lekin hamma bilib tursada, imi-jimida amalga oshirsa bo‘lar edi”, — deb hisoblayldi  Sajin.  

Eron ichki siyosiy kurashi

Sharqshunos fikriga ko‘ra, voqeaning uchinchi sababi, Eron ichida kechayotgan siyosiy kurash bo‘lishi mumkin.

Eron ichidagi ayrim siyosiy kuchlar Suriyadagi tinchlik o‘rnatish operatsiyasida Rossiyaning ahamiyati haddan ortiq kuchayib ketishidan xavotirda.

“Bu yerda o‘ziga xos raqobat ham rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin, Rossiya Eronning Suriyadagi ta’sirini kamaytirishi mumkin. Eron uchun eng muhimi – Suriya hukumati ustida Bashar Asadni  saqlab qolib, Eron – Iroq – Suriya  - Livandan iborat bo‘lgan shiya musulmonlari davlatlar halqasi (ittifoqi) yaratishdir”, — deydi ekspert.  

Uning fikriga ko‘ra, Eron Rossiyaga aviabazani ishlatishga avval ruxsat berishi, keyin esa rad etishi – Rossiyaga nisbatan xunuk ish bo‘ldi.

“Bu bilan Rossiya obro‘siga putr yetkazilishi mumkin, lekin ushbu ish ikki mamlakat munosobatlariga zarar yetkizmaydi”, — deb xulosi qildi Sajin.

Yangiliklar lentasi
0