Qirg‘izistonda yashirin terrorchilik guruhi yetakchisi qo‘lga olindi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovQirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston poytaxtida maxsus operatsiya chog‘ida 24 yoshli erkak qo‘lga olindi.

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Mamlakat milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari yashirin terrorchilik guruhi yetakchisini qo‘lga oldilar deb xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati, Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.

Operatsiya Bishkekdagi Pervomayskiy sud tumanida o‘tkazildi. 24 yoshli O.I.ning yonidan Makarov to‘pponchasi, RGD-5 granatasi, portlovchi qurilmani harakatga keltiradigan simlar, 5,45 va 9 millimetrli o‘qlar hamda jihodchilikka oid elektron materiallar va uchta uyali telefon ashyoviy dalil sifatida olingan, deyiladi qo‘mita xabarida.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tezkor qidiruv tadbirlarini davom ettirishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0