TOShKENT, 23 avg — Sputnik. “Tolibon” guruhining uch nafar jangarisi o‘zlari o‘rnatgan minada portlab ketdi, deb ma’lum qildi Afg‘onistonning G‘azni viloyati politsiyasi rahbari Aminulla Umarxil, RIA Novostiga asosan.
Voqea mahalliy vaqt bilan soat o‘nda viloyatning sharqidagi “Tolibon” guruhi faol bo‘lgan Andar shahrida yuz berdi.
“Tolibon”ning uch jangarisi motosiklda o‘zlari o‘rnatgan minani bosib o‘tishi oqibatida voqea joyida halok bo‘lishdi”, deya Umarxilning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sinxua agentligi.
Afg‘onistondagi vaziyat keyingi oylarda sezilarli ravishda yomonlashdi. Ilgari mamlakatning qishloq hududlarini egallagan "Tolibon" radikal guruhi yirik shaharlarga hujum boshladi. mamlakat hududida shuningdek "Islom davlati" terrorchilik guruhining ta’siri o‘smoqda.