Samsung kompaniyasi ilgari ishlatilgan smartfonlarni sotishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Aleksandr Pashin / Mediabankka o‘tishSamsung Electronics
Samsung Electronics - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samsung Electronics kompaniyasi ilgari ishlatilgan smartfonlar bozorida daromad olishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Janubiy Koreyaning gigant kompaniyasi rejalari haqida “Reyter” informatsion agentligi xabar qildi. Agentlik manbalarining ma’lumotiga qaraganda, Samsung 2017-yilda qayta tiklangan smartfonlarni sotish dasturini yo‘lga qo‘yadi. Kompaniya foydalanuvchilardan (asosan AQSh, Kanada, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan davlatlarda) avval ishlatilgan flagman smartfonlarni sotib oladi, ularni ta’mirlaydi (masalan akkumulyatori yoki korpusini almashtiradi) va rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlarida arzon narxda sotadi.

Qayta tiklangan smartfonlarni sotish dasturi Samsungning o‘rtacha darajadagi qurilmalarni sotish evaziga rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlaridagi mavqeyini mustahkamlashi kutilmoqda. Bundan tashqari, Samsungning yangi tashabbusi uning xitoylik raqobatchilari bilan kurashishiga imkon beradi.

Kompaniya hozircha “Reyter”ning bu boradagi so‘roviga hech qanday izoh bermadi.

Deloitte kompaniyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yilda dunyo miqyosida umumiy narxi 17 milliard dollarni tashkil etuvchi 120 million dona ilgari foydalanilgan smartfon sotilgan.

Yangiliklar lentasi
0