Lola Karimova-Tillyayeva o‘zbekistonlik polvonlarni olqishladi

Obuna bo‘lish
Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida kuch ekstrimi bo‘yicha 20-21 avgust kunlari Gonkongda o‘tkazilgan «Arnold Classic Asia 2016 Hong-Kong» Xalqaro sport festivalida g‘alabaga erishgan o‘zbekistonlik sportchi-polvonlarni olqishladi.

TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Kuch ekstrimi bo‘yicha 20-21 avgust kunlari Gonkongda o‘tkazilgan «Arnold Classic Asia 2016 Hong-Kong» Xalqaro sport festivalida o‘zbekistonlik sportchi-polvonlar ishtirok etib, tosh ko‘tarish va bahodirlar o‘yinlari musobaqalarida g‘alaba qozondilar. O‘zbekiston sharafini Sergey Trubitsin va Hamza Primovlar himoya qilib, oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdilar. Bu haqda Lola Karimova-Tillyayeva Instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.

Fazliddin G‘oipnazarov - Olimpiada chempioni - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 4 oltin medal bilan Olimpiadani 21 o‘rinda yakunladi
Osiyoda ilk marotaba tashkil etilgan mazkur musobaqalarning «Arnold Strongman Classic» bellashuvlarida Avstraliya, AQSh, Buyuk Britaniya, Gonkong, Irlandiya, Malayziya, Singapur, Tayland, Filippin, Xitoy va o‘zbekistonlik sportchilar eng kuchli polvon nomi uchun kurash olib bordilar.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, o‘zbekistonlik polvonlar eng og‘ir – 105 kg vazndan yuqori bo‘lgan sportchilar toifasida qatnashdilar va barcha bosqichlarda eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishib, raqiblarini ortda qoldirdilar.

“Instagramdagi postlarimdan birida mazkur sport turini O‘zbekistonda rivojlantirish yo‘lida turmush o‘rtog‘im Timur Tillyayev tomonidan amalga oshirib kelayotgan sa’y-harakatlar xususida to‘xtalib o‘tgan edim. Shu sababdan ham polvonlarimiz g‘alabasi biz uchun juda qadrlidir.

Sportchilarimizni chin dildan g‘alaba bilan qutlayman va kelajakdagi musobaqalarda ham ularga ulkan zafarlar tilab qolaman!”, deyiladi Lola Karimova-Tillyayevaning postida.

Yangiliklar lentasi
0