TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Issiq-ko‘l viloyati Tonlab tumanida tabiiy ofat natijasida umumiy qiymati 31 ming $lik ekinzorlar payhon qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston respublika FVV matbuot-xizmati xabari asosida.
"Do‘l yog‘ishi 21-avgust kuni ro‘y berdi. Buning oqibatida tumandagi beshta qishloq ekinzorlari yo‘q qilindi", — deyiladi xabar matnida.
Respublika FVV esa tabiiy ofat natijasida 253 gektar bug‘doy va arpa maydonlari zararlangani haqida xabar qilgan.