TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Fizik va botaniklardan iborat guruh Gretsiya shimolidagi Pindos tog‘ida ming yildan buyon o‘sib kelayotgan, Yevropaning eng qadimiy qarag‘ayini kashf etdi, deb xabar beradi RIA Novosti National Geographics jurnaliga asoslanib.
"Bir necha yil ilgari mazkur o‘rmon tilga olingan dissertatsiyani o‘qigandim. Biz ushbu daraxtning yosh halqalarini sanadik, ularning soni 1075taga teng", — deydi Stokgolm universiteti olimi Pol Krusich.
Olimlar "Adonis" deb nomlagan bu daraxt atrofida yana o‘nlab “yoshi ulug‘” daraxtlar bo‘lib, Krusich va hamkasblarining taxminlariga ko‘ra, ularning ham yoshi ming yilga yaqinlashib qoladi.