“Prezidentga maktublar” kitobining to‘rtinchi qismi nashrdan chiqdi

© Sputnik / Aleksey DrujininO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu kitobdan 2013–2016 yillar davomida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov nomiga mamlakat va xorijiy davlatlar fuqarolari hamda nufuzli xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, taniqli siyosatchilar, jamoat arboblari tomonidan kelgan xatlar va ularga javob maktublaridan ayrim namunalar o‘rin olgan.

TOShKENT, 23 avg — Sputnik. "Ma’naviyat" nashriyoti tomonidan "Prezidentga maktublar" kitobining navbatdagi – to‘rtinchi jildi chop etildi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

Xabarda aytilishicha, ushbu kitobdan 2013 – 2016-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga mamlakatimiz va xorijiy davlatlar fuqarolari hamda nufuzli xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, taniqli siyosatchilar, jamoat arboblari tomonidan kelgan xatlar va ularga javob maktublaridan ayrim namunalar o‘rin olgan.

© Stringer"Prezidentga maktublar" kitobining to‘rtinchi qismi jildi
Prezidentga maktublar kitobining to‘rtinchi qismi jildi - Sputnik O‘zbekiston
"Prezidentga maktublar" kitobining to‘rtinchi qismi jildi

"Ushbu xatlarning asosiy qismida ko‘rsatilgan mehr-oqibat va yaxshilik, e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimizga, xalqimizga, Prezidentimizga samimiy minnatdorlik tuyg‘ulari ifoda etilgan. Bu bejiz emas. Nega deganda, xalqimiz doimo yaxshilikka intilib, yaxshilikni qadrlab yashaydi", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, mazkur kitobda jam bo‘lgan xatlarda oddiy maktab o‘quvchisidan tortib ko‘pni ko‘rgan tajribali insonlargacha, ishchi va muhandislar, dehqon va fermerlar, tadbirkor va ishbilarmonlardan tortib shifokor, muallim va murabbiylargacha, ilmiy-ijodiy soha vakillaridan tortib harbiy xizmatchilargacha, qisqacha aytganda, butun o‘zbek xalqi ovozi baralla eshitilib turadi.

"Maktub mualliflari orasida xorijiy davlatlarning fuqarolari, atoqli davlat va siyosat arboblari ham borligi Prezidentimizning serqirra faoliyati xalqaro miqyosda, chet ellarda ham katta qiziqish uyg‘otayotgani – mamlakatimiz qo‘lga kiritayotgan ulkan marralar jahonda tan olinayotgani va keng e’tirof etilayotganining yana bir amaliy ifodasidir", — deya ta’kidlaydi nashr.

Xatlarda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, O‘zbekiston bilan chet davlatlar hamkorligining turli qirralari, xalqimizning qadimiy va boy tarixi, uning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi, Markaziy Osiyo mintaqasi va jahon miqyosidagi dolzarb masalalar yechimi bo‘yicha Prezident Islom Karimov tomonidan ilgari surilayotgan amaliy taklif va xulosalarning ahamiyati haqida tilga olingan.

Yangiliklar lentasi
0