O‘zbekistonda 1-sentabrdan boshlab GMO aniqlash standarti kiritiladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishOziq-ovqat mahsulotlari sotish
Oziq-ovqat mahsulotlari sotish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu vaqtga qadar respublikada oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida mavjud GMOni aniqlash yagona tizimi mavjud emas edi.

TOShKENT, 23 avg – Sputnik. O‘zbekistonda 1-sentabrda boshlab tarkibia GMO bo‘lgan  mahsulotlarni aniqlash uchun davlatlararo uchta yangi standart kiritiladi, deb xabar qilmoqda "O‘zstandart".

“O‘zstandart” qaroriga binoan, 2016-yilning 1-sentabridan boshlab GMOli mahsulotlar borasida uch davlatlararo standart kiritiladi”, — deyilgan agentlikning matbuot xizmati xabarida.

Bundan oldin O‘zbekistonda yagona standartizatsiya reglamenti mavjud emas edi.

Yuqorida aytib o‘tilgan standartlar, xalqaro ISO standartlari kabi, genetik modifikatsiya qilingan obyektlarni va ulardan yasalgan mahsulotlarni aniqlash metodlarini belgilaydi.

Tarkibida GMO bo‘lgan mahsulotlarga qarshi namoyish - Sputnik O‘zbekiston
Tarkibida GMO bo‘lgan mahsulotlar butunlay ta’qiqlanishi mumkin

Ushbu yilning may oyida Davlat xizmatlari yagona portalida “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi haqida”gi qonun loyihasi ommaviy muhokama uchun joylashtirilan edi. Qonunga kirtilgan o‘zgarishlar — tarkibida GMO bo‘lgan mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’qiqlash haqida. Qonun loyihasi ushbu yilning uchinchi chorgida Oliy Majlsda ko‘rib chiqiladi.

Yangi qonunda, oziq-avqat mahsulotlarini markirovka qilishda “organik mahsulot” — belgisi kiritish ham taklif qilingan.

Yangiliklar lentasi
0