O‘zbekistonlik og‘ir kasallangan 13 bola Germaniyada operatsiya qilindi

© Sputnik / Viktor TolochkoVrachlar ish ustida
Vrachlar ish ustida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xayriya tadbiri “Sog‘lom avlod uchun” fondi va Friedensdorf International xalqaro xayriya fondi birgalikda amalga oshirildi.

TOShKENT, 23 avg – Sputnik. O‘zbekistonlik og‘ir  kasallangan 13 bola  Germaniyada operatsiya qilindi, deb xbar qilmoqda RIA Novosti O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga asosan.

“Ushbu operatsiyalar O‘zbekistonning “Sog‘lom avlod uchun” fondi va Friedensdorf International xalqaro xayriya fondi birgalikda uyushtirgan xayriya tadbiri doirasida amalga oshirildi”, — dedi vazirlik vakili.

Yuz-jag‘ hamda oyoq va bo‘yin a’zolarida tug‘ma nuqsonlarga ega bo‘lgan bolalarga grant mablag‘lari yordamida operatsiyalar o‘tkazildi.

“Sog‘lom avlod uchun fondi doimiy ravishda ushbu kabi xayoriya operatsiyalari o‘tkazib turadi. 2002-yildan beri Germaniya klinikalarida 320 dan ortiq 15 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonlik bolalar davolanib chiqdi.

Yangiliklar lentasi
0