Tojikiston bilan chegarada yangi ochilgan qo‘riqlash postini AQSh moliyalashtirdi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishChegaradagi mudofaa qurilmalari tizimi
Chegaradagi mudofaa qurilmalari tizimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu O‘zbekiston-AQSh qo‘shma loyihasi odamlarning chegaradan noqonuniy o‘tishi va milliy chegaralar osha kontrabandaga qarshi kurashdagi xalqaro maqsadga javob berishda har ikki mamlakatning manfaatlariga xizmat qiladi.

TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston — Tojikiston chegarasidagi yangi qo‘riqlash postini AQSh qurolli kuchlari markaziy boshqarmasi moliyalashtirdi, deb xabar qilmoqda Toshkentdagi Amerika elchixonasi matbuot-xizmati.

"Ushbu O‘zbekiston-AQSh qo‘shma loyihasi odamlarning chegaradan noqonuniy o‘tishi va milliy chegaralar osha kontrabandaga qarshi kurashdagi xalqaro maqsadga javob berishda har ikki mamlakatning manfaatlariga xizmat qiladi", — deyiladi xabar matnida.

OAVlarda xabar qilinishicha, o‘tgan haftada Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida ishga tushirilgan yangi chegara posti barcha zarur asbob-uskunalar va infratuzilmalar bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh qurolli kuchlari markaziy boshqarmasi iyul oyida oltita to‘liq tortuvchi MAN avtomobillarini O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari bo‘linmalari ixtiyoriga topshirgan edi.

Yuk mashinalarini yetkazib berish O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 2001-yilda imzolangan "Giyohvand moddalarni nazorat qilish va huquqni qo‘llash" to‘g‘risidagi kelishuv doirasida amalga oshirilgan. 2015-yilda O‘zbekistonga shu turdagi 20ta yuk mashinasi yetkazib berilgan.

Yangiliklar lentasi
0