O‘zbekistonda 1-oktabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqa miqdori oshiriladi

Obuna bo‘lish
Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida 2016-yilning 1-oktabridan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish xaqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,15 baravar oshiriladi.

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra O‘zbekistonda 2016-yilning 1-oktabridan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshiriladi. Bu haqdagi hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati saytida e’lon qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov. - Sputnik O‘zbekiston
Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar 15%ga oshishi kutilmoqda
Hujjatga ko‘ra, 2016-yilning 1-oktabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam: ish xaqi – oyiga 149 775 so‘m, yoshga doir pensiyalar – oyiga 292 940 so‘m, bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 292 940 so‘m, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 179 755 so‘m miqdorida belgilandi.

Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning oshirilishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlar respublika Davlat budjeti va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlar 1-oktabrdan boshlab Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirishlari kerak.

Yangiliklar lentasi
0