Sobiq murabbiy: bugungi g‘alabalarimiz eski maktabning emas, hozirgi mehnatimiz natijasidir

© REUTERS/ Peter CziborraO‘zbek bokschisi Xasanboy Do‘smatov
O‘zbek bokschisi  Xasanboy Do‘smatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik sport sharhlovchisi Aleksandr Belenkiy Rio Olimpiadasida o‘zbekistonlik bokschilarning muvaffaqiyatli chiqishlariga bu yerda boks maktabi sobiq sovet davridayoq yaxshi yo‘lga qo‘yilgani va o‘sha maktabning davom etayotganligi sabab bo‘lganini aytdi. O‘zbekistonlik sobiq boks murabbiyi Alisher Rahmatov uning bu fikriga qo‘shilmaydi.

TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston boks terma jamoasi ishqibozlarga quvonch bag‘ishladi, mutaxassislar esa jamoaning muvaffaqiyatli ishtiroki avvaldan kutilganini aytishmoqda.

Fazliddin G‘oipnazarov - Olimpiada chempioni - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 4 oltin medal bilan Olimpiadani 21 o‘rinda yakunladi
Sportning ushbu turida O‘zbekiston yettita medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi, Hasanboy Do‘smatov esa 2016-yilning eng texnikasi kuchli bokschisi deb tan olindi.

Rossiyalik boks sharhlovchisi Aleksandr Belenkiy Sputnik muxbiriga bergan intervyusida terma jamoaning bu muvaffaqiyatini sovet maktabi bilan bog‘ladi.

"O‘zbekistonliklar ko‘rsatgan natija kutilmagan hol emas. Bunga allaqachon tamal toshi qo‘yilgandi va bu o‘z samarasini berdi, — dedi Belenkiy. — O‘zbekistonda boks maktabi sobiq ittifoq davridayoq yaxshi yo‘lga qo‘yilgandi, bugungi medallar esa o‘sha eski maktabning davom etishi natijasidir. Keyingi yillarda ushbu maktab muntazam ravishda o‘sib bordi. Endilikda son sifatga aylandi".

Biz o‘zbekistonlik  sobiq boks murabbiyi Alisher Rahmatovdan bu boradagi fikrini so‘raganimizda u shunday javob berdi: “Belenkiyning gaplariga qisman qo‘shilish mumkin. Boks sobiq ittifoq davrida O‘zbekistonga kirib kelgan va boks maktablari o‘sha davrdayoq natija ko‘rsata boshlagan. Lekin faqatgina mustaqillikdan keyin jahonni zabt etgan haqiqiy bokschilarimiz yetishib chiqdi. Bugungi g‘alabalarimiz eski maktabning emas, o‘tgan 25-yil davomida olib borilgan islohotlar, bugungi murabbiylarimiz mehnatining samarasidir”.

Umumiy medal jamg‘arish bo‘yicha O‘zbekiston 13ta: 4ta oltin (uchtasi boksda), 2ta kumush va 7ta bronza medali bilan 21-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha MDH davlatlari orasida Rossiyadan keyin ikkinchi bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0