Toshkentdagi xususiy korxonalarning birida kuchli portlash ro‘y berdi

© Sputnik / Aleksey Vovk / Mediabankka o‘tishYong‘in
Yong‘in - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘in kuni kecha tunda Toshkentdagi xususiy korxonalarning birida yuz bergan. Hodisa qurbonlarsiz kechgan. Ayni vaqtda favqulodda holat sabablari o‘rganilmoqda.

TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Bugun yarim tunda, soat ikkilar chamasi poytaxtning Yashnobod tumanida joylashgan xususiy korxonalarning birida kuchli portlash yuz berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Hodisa "Yangiobod" bozori yaqinida ro‘y bergan. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, atrof avval xuddi chaqmoq chaqqandek yorishgan, so‘ngra xuddi portlash ovozini eslatuvchi gumbullash sadosi jarang topgan. Oradan bir qancha vaqt o‘tib, butun tumanni tutun bosgan va atrofni kuygan hid o‘rab olgan.

Izzat ko‘chasida joylashgan xususiy korxonalarning birining sex va omborxonasi yonib borardi, deb xabar qiladi muxbirimiz.

"Yong‘in vaqtida kimoviy moddalar to‘ldirilgan konteynerlarning portlashi oqibatida olov katta hududni qamrab oldi. Korxonaning qariyb bir ming kvadrat metr hududi yonib kulga aylandi. Yong‘in haqidagi signaldan so‘ng, hodisa joyiga 17ta yong‘inni bartaraf etuvchi mashinalar yetib kelgan. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda. Shu bois, biror xulosa chiqarishga hali erta. Avval ekspertiza natijalarini olish kerak", — deb ta’kidlagan Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasidagi manba.

Yangiliklar lentasi
0