Janjal: o‘zbek kurashchisi g‘alabasidan norozi mongol treneri kiyimlarini yechib tashladi

© REUTERS/Issei KatoMongol kurashchisi Mandaxnaran Ganzorigiy treneri
Mongol kurashchisi Mandaxnaran Ganzorigiy treneri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erkin kurash bo‘yicha uchinchi o‘rin uchun bahslar shov-shuvli janjal va "striptiz" bilan yakun topdi. O‘zbek kurashchisi Ixtiyor Navro‘zovning g‘alabasidan norozi bo‘lgan mongol treneri tatamida kiyimlarini yechib tashladi.

TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Olimpiadaning so‘ngi kunida o‘zbekistonlik erkin kurashchi Ixtiyor Navro‘zov (65 kg) mongoliyalik Maxdangaran Gazonrig bilan bellashdi.

Mongol sportchisi musobaqaning deyarli oxirigacha g‘oliblikni qo‘ldan bermadi va 7:6 hisobida oldinda borayotgan edi. Biroq kurashning so‘nggi soniyalarida mongoliyalik sportchi belgilangan chiziqdan chiqib ketgani oqibatida haqamlar bronza medalni Ixtiyor Navro‘zovga berishga qaror qildi.

​Hakamlarning bunday qaroridan norozi bo‘lgan mongol trenerlari noroziliklarini ifodalash maqsadida kiyimlarini yechib, yalang‘och holda kurash gilami oldida turdilar. Olimpiada xavfsizlik xizmati mongol trenerlarini maydondan olib chiqib ketishga majbur bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0